708301
73
Zoom out
Zoom in
Vorherige Seite
1/92
Nächste Seite
73
Foydalanish
Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va
faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun
loyihalashtirilgan.
Soʻruvchi rejim
Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali
tashqariga tortib ketiladi.
DIQQAT!
Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim.
Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.
DIQQAT!
Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.
Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang
(ulovchi gardish).
Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin
darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi
! Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim
! Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi:
90°)
! Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim
Filtrlovchi rejim
Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan
tozalanadi.
Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi
qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi
Oʻrnatish
Plita ustidagi pishirish uskunasining tayanch yuzasi bilan dudburonning eng pastki qismi
orasidagi masofa elektr plitalar uchun 50 smdan kam bo‘lmasligi va gaz yoki aralash
plitalar uchun65cmdan kam bo‘lmasligi zarur.
Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga
olish zarur.
Elektr ulanish
Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar
taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega
boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob
berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib
boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa
(tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa,
jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori
kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli
viklyuchateldan foydalaning.
OGOHLANTIRISH!
Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini
tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch
hosil qiling.
Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda
texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.
Oʻrnatish
Oʻrnatishdan oldin:
Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini
tekshiring.
• Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang).
Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan
oʻrnatish mumkin.
• Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar
(vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish
uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.
Bu qopqoq javon yoki boshqa tayanch uskunaga o‘rnatishga mo‘ljallangan.
Texnik xizmat koʻrsatish
Tozalash
Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning.
HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv
materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.
Rasm 8-13
Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.
Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish
yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim.
Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi
mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.
Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali
tutqichni oʻzingizga torting.
Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)
Rasm 12
Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.
Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va
yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.
Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing.
Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.
Moy filtrlarini chiqaring.
Har bir tomonga bittadan ko‘mir filtrini qo‘ying va uni qopqoqqa ilib qo‘ying.
Moy filtrini qayta o‘rnating.
Koʻmir filtrlarini harid qilish
Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid
qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.
Lampalarni almashtirish
Jihozni elektr tarmog‘idan uzing.
Ogohlantirish! Lampochkaga teginishdan avval uning soviganligini tekshirib ko‘ring.
Tortmani to‘liq chiqaring.
Lampochka bo‘lmasini ochish uchun so‘ruvchi panjarani chiqarib oling.
Kuygan lampochkani olib, o‘rniga yangisini qo‘ying (quyidagi jadvalga qarang):
Lampochka Quvvati (Vatt) Rozetka
3 E14
Kuchlanish (V) O‘lchami (mm)
220-240
35x102 (Diametr x
Uzunlik)
ILCOS D Kodi
(IEC 61231’ga ko‘ra)
DRBB/C-3-220-240-E14-35/102
Panjarani joyiga qo‘ying.
Agar chiroq yonmasa, texnik yordam chaqirishdan avval lampochkaning to‘g‘ri
qo‘yilganligini tekshirib ko‘ring.
73

Brauchen Sie Hilfe? Stellen Sie Ihre Frage.

Forenregeln

Missbrauch melden von Frage und/oder Antwort

Libble nimmt den Missbrauch seiner Dienste sehr ernst. Wir setzen uns dafür ein, derartige Missbrauchsfälle gemäß den Gesetzen Ihres Heimatlandes zu behandeln. Wenn Sie eine Meldung übermitteln, überprüfen wir Ihre Informationen und ergreifen entsprechende Maßnahmen. Wir melden uns nur dann wieder bei Ihnen, wenn wir weitere Einzelheiten wissen müssen oder weitere Informationen für Sie haben.

Art des Missbrauchs:

Zum Beispiel antisemitische Inhalte, rassistische Inhalte oder Material, das zu einer Gewalttat führen könnte.

Beispielsweise eine Kreditkartennummer, persönliche Identifikationsnummer oder unveröffentlichte Privatadresse. Beachten Sie, dass E-Mail-Adressen und der vollständige Name nicht als private Informationen angesehen werden.

Forenregeln

Um zu sinnvolle Fragen zu kommen halten Sie sich bitte an folgende Spielregeln:

Neu registrieren

Registrieren auf E - Mails für Samsung NK36M1030IS wenn:


Sie erhalten eine E-Mail, um sich für eine oder beide Optionen anzumelden.


Das Handbuch wird per E-Mail gesendet. Überprüfen Sie ihre E-Mail.

Wenn Sie innerhalb von 15 Minuten keine E-Mail mit dem Handbuch erhalten haben, kann es sein, dass Sie eine falsche E-Mail-Adresse eingegeben haben oder dass Ihr ISP eine maximale Größe eingestellt hat, um E-Mails zu erhalten, die kleiner als die Größe des Handbuchs sind.

Ihre Frage wurde zu diesem Forum hinzugefügt

Möchten Sie eine E-Mail erhalten, wenn neue Antworten und Fragen veröffentlicht werden? Geben Sie bitte Ihre Email-Adresse ein.



Info